Homiladorlik davri: Ayollik
1 Oct 2026launched yesterday
0.00 ratings
n/aApple doesn’t publish installs
WorldwideSold in 50+ App Store storefronts
3.0.3latest version · today
Screenshots
About
Homiladorlik davri — homiladorlikni rejalashtirayotgan, farzand kutayotgan ayollar va onalar uchun ilova. Homiladorlikni haftama-hafta kuzating, bolajoningiz rivoji haqida o‘qing va o‘zingizni ham unutmang. Kerakli ma’lumotlar, foydali maqolalar va ko‘nglingizni ko‘taradigan iliq so‘zlar bir joyda. • Homiladorlik taqvimi Hozir nechanchi haftada ekaningizni va taxminiy tug‘ruq sanasini bilib boring. Har hafta bolajoningiz rivoji hamda tanangizdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot oling. • Homiladorlikni rejalashtirish Hayz kunlarini belgilang va siklingizni kuzating. O‘zingizga mos rejimni tanlab, muhim sanalarni bir joyda saqlang. • Ona va bola haqida maqolalar Homiladorlik, tug‘ruqqa tayyorgarlik, tug‘ruqdan keyingi davr va bola parvarishi haqidagi materiallarni o‘qing. Farzandingiz ulg‘aygani sari sizni qiziqtiradigan mavzularga qayting. • Onaga ham mehr kerak Ilova faqat bolajon haqida emas. Dam olish, yordam so‘rash va o‘zingizga vaqt ajratish ham muhim. Qisqa, samimiy va ba’zan hazil aralash yozuvlar sizga shuni eslatib turadi. • O‘zingizga yoqqan qahramonni tanlang Turli xarakterdagi yoqimtoy qahramonlar ilovaga o‘zgacha kayfiyat beradi. Ularning haftalarga mos tasvirlari, kunduzgi va tungi ko‘rinishlari bilan tanishing. • Boshqa onalar bilan suhbat Savollaringizni yozing, tajribangiz bilan bo‘lishing va boshqa onalarning hikoyalarini o‘qing. Ba’zan sizni tushunadigan inson bilan gaplashishning o‘zi yoqimli. • O‘zbek va rus tillarida Ma’lumotlarni o‘zingizga qulay tilda o‘qing va ilovadan bemalol foydalaning. Farzandingizga mehr berar ekansiz, o‘zingizga ham mehrli bo‘ling. Homiladorlik davri bilan bu muhim kunlarni birga kuzatib boramiz. Ilovadagi ma’lumotlar tanishish uchun; shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi.Read more
Homiladorlik davri — homiladorlikni rejalashtirayotgan, farzand kutayotgan ayollar va onalar uchun ilova.
Homiladorlikni haftama-hafta kuzating, bolajoningiz rivoji haqida o‘qing va o‘zingizni ham unutmang. Kerakli ma’lumotlar, foydali maqolalar va ko‘nglingizni ko‘taradigan iliq so‘zlar bir joyda.
• Homiladorlik taqvimi
Hozir nechanchi haftada ekaningizni va taxminiy tug‘ruq sanasini bilib boring. Har hafta bolajoningiz rivoji hamda tanangizdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot oling.
• Homiladorlikni rejalashtirish
Hayz kunlarini belgilang va siklingizni kuzating. O‘zingizga mos rejimni tanlab, muhim sanalarni bir joyda saqlang.
• Ona va bola haqida maqolalar
Homiladorlik, tug‘ruqqa tayyorgarlik, tug‘ruqdan keyingi davr va bola parvarishi haqidagi materiallarni o‘qing. Farzandingiz ulg‘aygani sari sizni qiziqtiradigan mavzularga qayting.
• Onaga ham mehr kerak
Ilova faqat bolajon haqida emas. Dam olish, yordam so‘rash va o‘zingizga vaqt ajratish ham muhim. Qisqa, samimiy va ba’zan hazil aralash yozuvlar sizga shuni eslatib turadi.
• O‘zingizga yoqqan qahramonni tanlang
Turli xarakterdagi yoqimtoy qahramonlar ilovaga o‘zgacha kayfiyat beradi. Ularning haftalarga mos tasvirlari, kunduzgi va tungi ko‘rinishlari bilan tanishing.
• Boshqa onalar bilan suhbat
Savollaringizni yozing, tajribangiz bilan bo‘lishing va boshqa onalarning hikoyalarini o‘qing. Ba’zan sizni tushunadigan inson bilan gaplashishning o‘zi yoqimli.
• O‘zbek va rus tillarida
Ma’lumotlarni o‘zingizga qulay tilda o‘qing va ilovadan bemalol foydalaning.
Farzandingizga mehr berar ekansiz, o‘zingizga ham mehrli bo‘ling. Homiladorlik davri bilan bu muhim kunlarni birga kuzatib boramiz.
Ilovadagi ma’lumotlar tanishish uchun; shifokor maslahati o‘rnini bosmaydi.
Store page changes
Title, subtitle, icon, screenshots and priceNo changes recorded yet. Each time we check this app we compare its store page with the last one and log what changed. Create a free account and save this app to have its store page checked every day.
Versions
- Version 3.0.3First seen · 2 Oct 2026
Countries
Worldwide
Apple lists this app in 50 or more storefronts, so it is available almost everywhere.
Turkey
Chart positions
Not seen in the charts we track yet.