AvtoRaqam: DRB rasmiy ilovasi
Screenshots
About
AvtoRaqam — transport vositalariga davlat raqamlarini olish va band qilish uchun mo‘ljallangan rasmiy davlat ilovasi. AvtoRaqam yordamida foydalanuvchilar raqamlar haqidagi aktual ma’lumotlarni tez va qulay tarzda ko‘rishlari, o‘zlariga mos variantni tanlashlari va uni belgilangan tartibda rasmiylashtirishlari mumkin. Barcha jarayonlar amaldagi qonunchilikka muvofiq va rasmiy davlat tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ilova imkoniyatlari: • Raqamlarni ko‘rish va tanlash Mavjud davlat raqamlari bilan tanishib chiqing va o‘zingizga mosini tanlang. • Raqamlarni band qilish Tanlagan raqamingizni keyinchalik yo‘qotish xavfisiz rasmiylashtirish uchun ma’lum muddatga band qiling. • Onlayn rasmiylashtirish va sotib olish Raqamni rasmiylashtirish va sotib olish jarayonini ortiqcha tashrif buyurmasdan elektron tarzda amalga oshiring. • Arizalarning joriy holati Raqam belgisini band qilish va rasmiylashtirish jarayonini kuzatib boring. • Turli toifadagi transport vositalari uchun Avtomobillar, mototsikllar va boshqa turdagi transport vositalari uçun raqam belgilarini tanlash imkoniyati. • Rasmiylik va xavfsizlik Barcha amallar davlat axborot tizimlari orqali xavfsizlik va maxfiylik talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshiriladi. AvtoRaqam ilovasi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan.Read more
Store page changes
Title, subtitle, icon, screenshots and priceNo changes recorded yet. Each time we check this app we compare its store page with the last one and log what changed. Create a free account and save this app to have its store page checked every day.
Versions
- Version 1.0.16First seen · 12 Jul 2026
Ilovamiz yanada qulay va barqaror bo‘ldi! Ushbu yangilanishda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi: 1. AAA kombinatsiyalari sotuvda: Ko‘plab foydalanuvchilarning talablariga binoan, mashhur AAA seriyasidagi davlat raqamlari rasman sotuvga chiqarildi. Endi ilova orqali ushbu toifadagi mavjud kombinatsiyalar bilan tanishishingiz va ularni belgilangan tartibda onlayn xarid qilishingiz mumkin. 2. Texnik tuzatishlar: Ilovaning ishlash samaradorligini oshirish maqsadida kichik kamchiliklar bartaraf etildi.
Countries
Seen in 1 country
Countries where IndieTower has seen this app in charts, search or store pages.